1999-yili Saudiya Arabistonining AQShdagi elchixonasi 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar repetitsiyasini moliyalashtirgani aytilmoqda. Fojianing 1400 ga yaqin jabrlanuvchisi ushbu da’vo ifodalangan shikoyatni Nyu-Yorkning Manxetten tuman sudiga kiritdi, deb xabar beradi “TASS”.
Da’voda FQB hujjatlariga asoslanib aytilishicha, 1999-yil noyabrida Saudiya Arabistonining ikki fuqarosi Muhammad al-Kudhayn va Hamdon al-Shalaviy Finiksdan (Arizona shtati) Vashingtonga America West aviakompaniyasi chiptalarini sotib olib, uchish chog‘ida bir necha marotaba uchuvchi kabinasiga kirishga uringan. Ular o‘zlarini fosh etmay AQSh ichki reyslari xavfsizlik tizimini tekshirishi lozim edi.
Tilga olingan shaxslar AQShda talaba sifatida yashagan bo‘lsa ham, da’voda aytilishicha, aslida ular qirollik agentlik tarmog‘ining bir qismi bo‘lgan. Ular 11-sentabr ijrochilari bilan bir paytda Afg‘onistondagi maxfiy lagerlarda mashg‘ulotlar o‘tagan, Arizonada ekanliklarida esa samolyotni olib qochgan terrorchilardan biri bilan aloqa qilgan.
Izoh (0)