9-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva shahrining 870 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirlarda ishtirok etdi. Tadbir davomida prezident xavfsizlik xizmati asabiylashishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
U mehmonlar bilan qator yangi obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Aytilishicha, FIFA rahbari “Lujniki” stadioni rekonstruksiyasidan qoniqish hosil qilgan hamda Rossiya futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini aytgan.
Putin chempionlik kubogi bilan sahnadan tushganida uni odamlar o‘rab oldi. Qo‘riqchilar sarosimaga tushib, ehtiyotkorlik bilan harakat qildi, bu holat videoga tushirildi.
Izoh (0)