Shota Arveladze jamoani qabul qilib olganidan so‘ng Toshkentning “Paxtakor” klubi ilk safar g‘alabasiga erishdi va Bekobodda “Metallurg” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U Samvel Babayan boshqaruvida O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 saralashidan joy olgan so‘nggi 10 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta ham gol ura olmagandi.
Mazkur g‘alaba “paxtakorchilar”ni turnir jadvalida 5-o‘ringa olib chiqdi. Ayni paytda bir emas uch klub — “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” bir xilda ochkoga ega bo‘lib turibdi.
Oliy Liga. Navoiyda “Bunyodkor” darvozasiga 3 ta gol urildi, Bikmayev “Loko”ga g‘alaba keltirdi
Oliy Liga. Vadim Abramov mag‘lubiyatli seriyasini davom ettirdi. Shkvirinda pochin g‘alaba
Izoh (0)