Ertaga — 9-sentabr kuni sakkiz nafar o‘zbekistonlik sport ustasi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan Asian Fight musobaqasi doirasida jang qiladi.
Mazkur janglar oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘zbekistonlik Mahmud Murodov ishtirok etdi. Murodov jangdan tushadigan gonorari qancha ekanligi borasidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
Jangdan olingan daromadimni Buxorodagi bolalar uyiga hadya qilaman. Bundan tashqari O‘zbekistonda bepul sport maktabi ochish istagim bor. Bu dunyodagi ilk bepul xususiy maktab bo‘ladi. Maktabga 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan insonlar kelib shug‘ullanishi mumkin.Mahmud Murodov, jangchi
Izoh (0)