O‘zbekiston Prezidenti qizg‘izistonlik oqin Idris Ayitbayevga kvartira hamda mashina sovg‘a qildi. Bu haqdagi ma’lumotni qo‘shiqchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi “24.kg”.
Ta’kidlanishicha, oqin O‘zbekistonga tashrifi vaqtida “Chevrolet Malibu mashinasini haydadim” degan jumlalar ishtirok etgan qo‘shiq kuylagan, umuman olganda qo‘shiqda ikki mamlakatning do‘stona munosabatlari haqida so‘z borgan.
Oqinga taqdim etilgan sovg‘alarga “ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun” deya rasmiy sabab ko‘rsatilgan.
Izoh (0)