Valyuta sotayotganlar endilikda 9360 AQSh dollarigacha bo‘lgan valyutasini pasportsiz sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Daryo”ga Bank sohasidagi ishonchli vakili ma’lum qildi.
“Bugundan boshlab valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali 500 eng kam oylik ish haqi (9360 AQSh dollarigacha) qiymatdagi valyutasini sotayotgan mijozlardan pasport talab qilinmaydi. Ilgari bu raqam 100 MROT (1875 AQSh dollari edi)dan iborat edi”, — deydi manbaa.
Izoh (0)