O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga tashrifini ikki mamlakat xalqi ham kutgan. Bu haqda O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilarining ikki tomonlama uchrashuvida Almazbek Atamboyev aytib o‘tdi, deb yozadi KNews.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqi davlat chegaralari delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalasi qachon hal etilishini intiqlik bilan kutgan.
“Sizni mehmondo‘st qirg‘izlar o‘lkasida kutib olishdan xursandman. Mutlaq ishonch va soxta kamtarliksiz aytmoqchimanki: sizning tashrifingiz — xalqlarimiz 20 yildan ortiq kutgan tarixiy voqea. Bu tashrif ko‘plab masalalarni hal qiladi va qardosh xalqlarimiz aloqalarida yangi davrni ochib beradi”, — dedi Atamboyev.
Izoh (0)