AQShning ilgarigi prezidenti Barak Obama ma’muriyati tomonidan joriy etilgan, mamlakatga bolaligida noqonuniy kirgan muhojirlarni deportatsiyadan himoya qilishga qaratilgan DACA dasturining bekor qilinishi munosabati bilan norozilik namoyishlar boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dasturning bekor qilinishi haqida AQSh bosh prokurori Jeff Seshns 5-sentabr kuni e’lon qilgan edi.
Donald Tramp ma’muriyatining ushbu qaroriga qarshi namoyishlar Nyu-Yorkda, Vashington hamda AQShning qator boshqa yirik shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya namoyishlarning bir qancha ishtirokchilarini hibsga oldi.
CNN telekanaliga ko‘ra, politsiya ushlanganlarga plastik kishanlar taqib, ularni furgonlarda olib ketmoqda. Qancha odam hibsga olingani hali ma’lum emas.
Izoh (0)