AQShning Arizona shtatida Milliy gvardiyaga tegishli F-16 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi.Bu haqda Milliy gvardiya 162-aviaqanotining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.
Hodisa Safford shahridan 32 kilometr shimoli-g‘arbda ro‘y berdi. Samolyot uchuvchisining taqdiri hozircha ma’lum emas.
Halokat joyida qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.
AQSh Harbiy-havo kuchlari hodisa tafsilotlarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzdi.
Izoh (0)