Britaniyalik agent 007 haqidagi filmda bosh qahramon uylanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” insayderlik ma’lumotlariga tayangan holda ma’lum qildi.
“Bond maxfiy xizmatdan ketadi, u sevib qolgan va uylanadi”, — ma’lum qildi insayder.
Ammo, ma’lumotga qaraganda, agentning rafiqasi o‘ldiriladi, shundan so‘ng u yana ishga qaytadi.
Shuningdek, yangi film Liam Nison ishtirokidagi “Asira” filmiga o‘xshab ketishi bildirilmoqda.
Franshizaning oxirgi filmi “007: Qubba”da Bondning ma’shuqasi Madlen Suonn rolini Lea Seydu ijro etgan edi. Taxminlarga ko‘ra, yangi filmda ular rasmiy nikohda yashayotgani ko‘rsatiladi.
Film 2019-yil noyabrida prokatga chiqadi. Unda bosh rolni, oldingiday, Deniyel Kreyg ijro etadi.
Izoh (0)