Rossiya—2018 saralashining “F” guruhi o‘yinlari murosasizligi bo‘yicha qolgan guruhlardan ajralib turibdi. Turnir yakuniga 2 ta tur qolganida 4 ta mamlakat o‘z imkoniyatlarini saqlab qolgan.
Mazkur turning markaziy o‘yini Londonda kechib, inglizlar takroriy bellashuvda ham Slovakiyani taslim qilishga erishdi. Tomonlarning dastlabki o‘yinida Adam Lallana 95-daqiqada g‘alaba golini urgandi, bu safar inglizlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Slovakiyaning ochko yo‘qotishidan Shotlandiya va Sloveniya umunli foydalanib, raqibiga anchagina yaqinlashib oldi. So‘nggi ikki tur barcha masalaga oydinlik kiritib beradi.
JCh—2018. Saralash “F” guruhi. 8-tur 4-sentabr, yakshanba
Izoh (0)