Beyonce 1990-yillarning oxirida R&B usulidagi Destiny’s Child guruhi tarkibida mashhurlikka erishgan. 1997-yilda Destiny’s Child Columbia Records bilan Men in Black filmi uchun saundtrek yozish bo‘yicha shartnoma imzolagan va o‘zining birinchi albomini chiqargan: guruh to‘rt yil davomida ijod qilgan va odamlar xotirasida nafaqat musiqalari bilan, balki uning a’zolari o‘rtasidagi sud mojarolari bilan ham yodda qolgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Shundan so‘ng Beyonce yakkaxon ijodga o‘tib ketgan. Hozirda uning oltita studiya albomi mavjud, bitta marosimda oltita “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlanib rekord o‘rnatgan (2010-yilda I Am… Sasha Fierce qo‘shig‘i chiqqan). 2017-yilda esa Billboard’s reytingida eng yuqori maosh oladigan musiqachilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Beyonce kinoda ham suratga tushadi. Qo‘shiqchi turmush o‘rtog‘i Jay-Z bilan birgalikda ikkinchi bor farzandli bo‘ldi: bu safar u egiz farzandni dunyoga keltirdi. 4-sentabr kuni Beyonce o‘zining 36 yoshini qarshi oldi.
Izoh (0)