• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aleksandr Davletov — valyuta bozori liberalizatsiyasidan nimani kutish haqida

    Mustaqil moliyaviy ekspert Aleksandr Davletov Uz24 nashriga bergan intervyusida uzoq kutilgan valyuta siyosati liberalizatsiyasi haqidagi qarorga izoh berdi va valyuta bozori bundan keyin qanday rivojlanishi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    — 5-sentabrdan yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lov uchun tijorat banklaridan cheklovlarsiz xorijiy valyutani xarid qilishi mumkin. Jismoniy shaxslar valyutani erkin sotish va xarid qilishi mumkin, biroq naqd shaklda emas, xalqaro plastik kartaga o‘tkazish yo‘li bilan. Sizning fikringizcha, nega aholi uchun to‘liq bo‘lmagan konvertatsiya mexanizmi tanlandi?

    — Birinchidan, kecha chiqarilgan farmon tarixiy farmon ekanligini ta’kidlamoqchiman. Yangi davrda hayotimizning turli sohalariga daxldor ko‘plab islohotlar boshlandi, biroq aynan valyuta sohasini qayta shakllantirish avval boshlanganlaridan oldinga o‘tib ketdi va u o‘zining mantiqiy yakuniga yaqinlashmoqda. Biz mamlakatda erkin bozorni shakllantirish uchun birinchi qadamni qo‘ydik, biroq bu qadam — keyingi va uzoq o‘zgarishlar uchun eng muhim qadam. Savolingizga quyidagicha javob beraman: jismoniy shaxslarga chet el valyutasini xalqaro plastik kartochkalarga o‘tkazish yo‘li bilan sotishni jismoniy shaxslar uchun cheklangan konvertatsiya deb atamaslik kerak. Bu shunchaki texnik holat. Avval miqdorda ham, sotish takroriyligida ham cheklov bo‘lgan, foydalanish uchun ham turli mumkin va mumkin bo‘lmagan cheklovlar belgilangan davrda buni cheklangan konvertatsiya deb atash mumkin edi. Biroq hozir vaziyat butunlay boshqacha. Xorijiy valyutani xarid qilish miqdori va keyinchalik undan foydalanish bo‘yicha ham hech qanday cheklov belgilanmagan. Xarid qiluvchi faqat konversion kartani birinchi marta ochayotgan paytda biroz vaqt yo‘qotishi mumkin. Keyingi konversion operatsiyalar 10—15 daqiqadan ortiq vaqt olmaydi. Bu, birinchidan, islohotlar boshlanishida spekulyativ bosimni istisno etadi, ikkinchidan, operatsiyalar shaffofligini ta’minlaydi. Bir muncha vaqtdan so‘ng, barcha bozor o‘yinchilari yangi shartlarga ko‘nikib, muvozanat shakllangandan so‘ng jismoniy shaxslarga valyutani naqd shaklda sotish boshlanadi. Biroq fuqarolarimiz konversion kartalarning yangi sharoitlardagi qulayligini shaxsiy tajribasida his qilgandan so‘ng, ularda xaridni naqd yoki konversion karta orqali amalga oshirish imkoniyati bo‘lganda, ular aksariyat hollarda aynan konversion kartalarni tanlaydi deb o‘ylayman.

    — “Qora” bozorning taqdiri bundan keyin qanday kechadi? Dollar kursining o‘zgaruvchanligi pasayadimi?

    — “Qora” bozor yo‘qolmaydi, biroq to‘liq yakkalanadi va iqtisodiyotning legal sohalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi. U yerda kriminal va yarimkriminal qoladi. Biroq bu endi huquqni muhofaza qilish organlarining ishi. Dollarning kursi dastlabki paytlarda o‘zgarib turishi mumkin. Keyinchalik so‘m kursi texnik emas, makroiqtisodiy omillar, Markaziy bank va hukumat siyosati bilan belgilanadi. Albatta, tashqi omillar ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, bunga tayyor turishimiz kerak. Infantillik darhol yo‘qolmaydi.

    — Ba’zi ekspertlar Markaziy bank bir talay kurslar amaliyotini qo‘llashda davom etib, milliy valyutani bosqichma-bosqich devalvatsiya qilishni davom ettirishini taxmin qilgan edi. Nega Markaziy bank keskin devalvatsiya haqidagi qarorni qabul qildi? Bu boradagi fikringiz.

    — Bir oy avval hukumat va Markaziy bank tomonidan qanday ehtiyotkor va oshig‘ich bo‘lmagan qadamlar tashlanayotganini kuzatib, men ham shu variant tomonida edim. Ekspertlar hamjamiyati, jumladan men tomonimdan ham, ko‘plab kurslarning uzoq muddatli kelajakdagi zarari haqida ko‘p yozildi. Iqtisodiyot tarixida valyuta kurslarining ko‘p sonli rejimi iqtisodiyotning uzoq muddatli o‘sishini ta’minlagan biror bir muvaffaqiyatli holat yo‘q. O‘ylashimcha, Markaziy bank va hukumat iqtisodiy faollikning umumiy pasayishini qayd etgandan so‘ng keskin devalvatsiya haqidagi yakuniy qarorni qabul qildi. Axir yoz faslida butun biznes investitsiya kiritishni to‘xtatdi va to‘liq kutish rejimiga o‘tdi. Mavhumlikka chek qo‘yish kerak edi.

    — So‘m rasmiy almashuv kursining pasayishi import tovarlarining qiymati oshishi va inflyatsiya sur’atlariga ta’sir qiladimi?

    — Bu savol hozir eng ko‘p beriladigan savol. Almashuv kursining pasayishi har doim narxlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, biroq bu tovar bozori va xizmatlar bozori segmentiga bog‘liq. Avval subyektlarida imtiyozli konvertatsiya imkoni bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bozorlaridagi narxlar kuchli o‘zgarishlarga duchor bo‘lmaydi. Bu asosan xalq iste’moli tovarlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlardir. Ularda narxlar umuman olganda oshmaydi, ushbu segment uzoq yillar davomida bozor kursini ko‘zda tutib ishlagan, u yerda raqobat muhiti shakllangan. Bundan tashqari, ba’zi ijtimoiy segmentlardagi davlat tartibga solishi va dotatsiyalarini hisobga olish lozim. Buning uchun iste’mol bozorida Narxlarni barqarorlashtirishga ko‘mak berish maxsus jamg‘armasi tashkil etilgan. Aholi maqbul narxlardagi dori-darmon vositalari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Biroq monopoliya bor joyda narxlar oshadi — bu energiya tashuvchilar, havo va temiryo‘l transporti. Bu sohalar har doim imtiyozli resurslar, jumladan imtiyozli konvertatsiyadan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan. Bunda narxlarning shakllanishi shaffof emas. Monopoliyalar muammosi konvertatsiyaga qadar ham bo‘lgan va u ushbu sohalar isloh qilingunga qadar yangi sharoitda ham bo‘ladi.

    — Iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs shakllantirmagan yakka tadbirkorlarga jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda chel el valyutasini bank hisoblari orqali xarid qilishga ruxsat berilgan. Bu mazkur tovarlarni naqd va kartaga xarid qilish o‘rtasidagi farqning yo‘qolishini anglatadimi?

    — Ha, aynan shunday. Endi yakka tadbirkorlarning o‘zlari banklarda so‘mni dollarga konvertatsiya qilish uchun mablag‘larni tezroq bank hisoblarida to‘plashdan manfaatdor. Ularga endi naqd yoki naqdsiz mablag‘ning farqi yo‘q. Inkassa qilinayotgan mablag‘ yakka tadbirkorning hisobotida keyingi bank kunida paydo bo‘lishini inobatga olganda, u uchun mablag‘lar shu zahoti tushishi tufayli aynan plastik kartochka orqali sotish afzalroq bo‘ladi. Aytish mumkinki, chakana savdodagi naqd va naqdsiz vositalar o‘rtasidagi farq tarixda qoladi.

    — Farmonga muvofiq, eksportchilar uchun mulk shaklidan qat’iy nazar valyuta tushumini majburiy sotish talabi bekor qilinmoqda. Bu so‘m kursining tushishi ichki bozorda eksport qilinadigan tovarlarga katta ta’sir ko‘rsatmasligini anglatadimi?

    — Birinchidan, ichki bozorda eksport qilinadigan tovarlarning qiymati eksport tushumini majburiy sotish hajmiga bog‘liq emas. Ular boshqa omillar, birinchi navbatda, almashuv kursi va eksport bojlari va cheklovlarga bog‘liq. Dollar kursi so‘mga nisbatan qanchalik yuqori bo‘lsa, eksport qiluvchi o‘z tovar yoki xizmatlarini chetda sotishdan shuncha ko‘p manfaatdor bo‘ladi. Chunki unga ichki bozorda sotgandan eksport uchun sotish foydaliroq. Shuning uchun dastlabki paytlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ayniqsa meva va sabzavotlarning narxlari oshishi mumkin. Biroq aynan shu ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantiradi. Har qanday holatda ham ichki bozorda eksport tovarlari narxlarini tartibga solish uchun davlatning amaliy dastagi — eksport bojlari va vaqtinchalik cheklovlar mexanizmi bor. Davlat vaziyat va oldiga qo‘ygan vazifalarga qarab eksport bojlarini kamaytiradi yoki oshiradi.

    — Sir emaski, ba’zi ishlab chiqarish loyihalari avval boshdan imtiyozli konvertatsiya olish uchun yo‘lga qo‘yilgan, tadbirkorlarning undan oladigan foyda qismi ishlab chiqarishning o‘zidan ancha katta edi. Bu loyihalar endi nima bo‘ladi? Tashqi zayomlar olingan tibbiyot, ta’lim va qurilish loyihalari bilan qanday yo‘l tutish lozim? Ularga davlat ko‘magi kerakmi?

    — Imtiyozli konvertatsiyaga tayanib yaratilgan yoki ishlovchi zaharli loyihalar yoki “tekinxo‘r” tashkilotlar yopiladi. Bu bozor qonuni. Ijtimoiy sohalardagi tashqi zayomlar olingan loyihalar amalga oshirilishda davom etadi. Birinchidan, bu zayomlar uzoq muddat, 15—20 yilga imtiyozli davr bilan olingan, eng asosiysi, ularda davlat kafil. Shunchaki, ushbu zayomlarga xizmat ko‘rsatish qimmatlashadi va bu davlat budjetiga tushadi. So‘m kursining tushishi sharoitida bu qo‘shimcha xarajatlar devalvatsiya effekti bilan (soliqqa tortiluvchi baza kuchli kengayadi), ya’ni budjetning soliq va bojlar ko‘rinishidagi qo‘shimcha daromadlari bilan qoplanadi.

    — Sizning fikringizcha, valyuta siyosati liberalizatsiyasi ochib beradigan iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun qanday islohotlar o‘tkazish lozim?

    — Bu islohotlar dasturi va yondashuvga bog‘liq. Iqtisodiy sohada, birinchi galda, bank sohasidagi islohotlar muhim. Shaffof kredit bozorini yaratish, banklarini ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish lozim. Soliq islohotlari ham juda muhim. Soliqqa tortishni tubdan o‘zgartirish lozim. Bunda barcha qayta o‘zgartirishlarning asosiy maqsadi va asosi mulk huquqlarini himoya qilish bo‘lishi lozim. Busiz barcha islohotlar bekor va mazmunsizdir.

    05.09.2017, 14:58   Izoh (0)   27951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Konversion karta ochish uchun to‘lanadigan komission to‘lov 100 ming so‘mgacha kamaytirildi

    05.09.2017, 14:45

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga yetib bordi

    05.09.2017, 14:20

    Rozmetov kompaniyasi haqida muhim yangilik

    05.09.2017, 13:00

    LG kompaniyasi IFA 2017 ko‘rgazmasida yangi darajadagi premium toifali o‘rnatma maishiy texnikasini namoyish qiladi

    05.09.2017, 12:57

    Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga jo‘nab ketdi

    05.09.2017, 12:54

    Jismoniy shaxslar har 3 oyda 5000 dollargacha valyuta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi

    05.09.2017, 12:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi” — Tramp

    Dunyo | 2 iyul, 09:10

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.