Osiyo Kubogi—2019 saralashi doirasidan joy olgan Qirg‘iziston — Myanma o‘yini bekor qilindi. “Championat.asia” nashrining Qirg‘iziston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib ma’lumot berishicha, bunga Myanmada istiqomat qiluvchi musulmonlarga qarshi kurash boshlangani sabab bo‘lgan.
Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov Myanmadagi og‘ir vaziyat, xavfsizlikni ta’minlash va dinlararo dushmanlik tufayli tartibsizliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shunday qarorga kelgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushgan ma’lumotlar tufayli bahsni bekor qildim. Vaziyat nazorat ostida.Qirg‘iziston milliy terma jamoasi Myanmaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston termasi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Myanmaga qarshi saralash uchrashuvi 5-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 20:00 da start olishi kerak edi.Sapar Isakov, Qirg‘iziston bosh vaziri
Qirg‘iziston futbol federatsiyasi sport din, siyosat va zo‘ravonlikdan holi ekanini qayd etgan.
Izoh (0)