So‘mga o‘tish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-sentabrdagi valyuta siyosatini liberallashtirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni talablarini bajarish yuzasidan yuz bermoqda.
Ushbu qarorga muvofiq, endi O‘zbekistonda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar faqat milliy valyuta — so‘mda belgilanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4-sentabr kuni aloqa operatorlar va internet-provayderlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Yig‘ilishda AQSh dollarida ko‘rsatilgan tariflarni qayta hisoblashda Markaziy bank tomonidan 29-avgust kuni o‘rnatilgan va 4-sentabr kuni haqiqiy hisoblangan qiymat — 4210,35 so‘m asos qilib olinishi haqida qaror qabul qilingan.
Izoh (0)