O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Toshkentagi Xastimom majmuasiga tashrif buyurib, nomi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirilgan muassasa tashkil etilishi loyihalari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev markaz qurilishi bo‘yicha taqdim qilingan loyihaga alohida e’tibor qaratdi. Prezident o‘z so‘zida markaz binosi qurilishida asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning ishtiroki alohida e’tiborga molik ekanini ta’kidladi.

Vatandoshimiz Alisher Burhonovich Usmonov biz bilan hamkorlik qilib, katta madad bo‘lyapti. Vatandoshimizning shunday bir katta ko‘mak ko‘rsatishi tarixda qolishi kerak. Bu bino o‘zbek millatining tarixida qolishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti