• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Lola Karimova-Tillayeva otasining qabri ustiga qurilgan maqbaraning bunyod etilishi haqida so‘zlab berdi

    Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabri ustiga maqbara bunyod etildi. 2017-yilning 2-sentabrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova va uning qizi Lola Karimova-Tillayeva mazkur maqbarani borib ko‘rdi. Lola Karimova o‘zining Facebook’dagi sahifasida maqbaraning bunyod etilishi haqida hikoya qildi.
    O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti – otamdan ayrilganimizga bir yil bo‘ldi...Otam, vasiyatlariga binoan, ona shaharlari Samarqandda, ular uchun aziz va qadrli bo‘lgan joylardan birida, Samarqandning eng qadimiy yodgorliklaridan sanalmish Hazrat Xizr masjidi yonida dafn etildilar. Kecha Samarqandga borib, otam qabrini ziyorat qildik. Otam qabrlari ustiga bunyod etilgan maqbaraning barpo etilishi haqida so‘zlab bermoqchiman.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Qadimiy Hazrat Xizr masjidi YuNЕSKO himoyasida bo‘lganligi uchun, mening oldimda, O‘zbekistonning YuNЕSKOdagi doimiy vakili sifatida, maqbara barcha me’yorlarga javob bergan holda qurilishi zarurligi vazifasi turdi. YuNЕSKOning Parijdagi bosh qarargohiga taqdim etish uchun maqbaraning loyihasi ustida bir-necha oy davomida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasi bilan birgalikda ish olib bordik. Loyiha tasdiqlangandan so‘ng, Samarqandda xotira obidasining qurilishi ishlari boshlab yuborildi.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Maqbarani loyihalash va qurish jarayonida yangi obida me’moriy yechimi Hazrati Xizr masjidiga uyg‘un bo‘lishiga, shu bilan birga, YuNЕSKO butunjahon meros obyekti tarixiy ko‘rinishini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratildi.Sharq me’morchilik an’analari asosida loyihalanib, bunyod etilgan maqbarada ham o‘rta asrlar, ham zamonaviy arxitektura usullari mujassam. Obida tuzilishiga ko‘ra XIV—XVIII asrlarning bir bo‘lmali daxmalarini yodga soladi. Bunday maqbaralarni O‘rta Osiyoning ko‘plab shaharlarida uchratish mumkin.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Balandligi 7,55 metr bo‘lgan inshootning gumbazi Hazrati Xizr masjidi kabi qirrador sirli koshinlar bilan qoplangan.Maqbara peshtoqini bezashda esa rango-rang bo‘rtma koshindan foydalanilgan.Inshootning quyi qismi to‘q yashil marmar, yuqorisi esa o‘yma sopoldan ishlangan iroqi uslubidagi belbog‘ bilan ziynatlangan.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Maqbaraga janubi-sharqiy tomondan kiriladi. Obida eshigi ustiga Qur’oni karim oyati arab tilida, suls xatida nafis naqshu nigor uyg‘unligida bitilgan. Oyatning tarjimasi bunday: “(Ularga) rahmli Parvardigorlari tomonidan salom (aytilur) (“Yosin” surasi, 58-oyat).Peshtoqqa esa “Niso” surasining 113—114-oyatlari ko‘rk bag‘ishlab turibdi:“Agar sizga Allohning fazli va rahmati bo‘lmaganida edi, ularning bir toifasi Sizni adashtirishga azmu qaror qilgan edilar. Ular o‘zlarinigina adashtiradilar. Sizga esa biror zarar yetkazmaydilar. Alloh Sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmaganingizni bildirdi. Allohning Sizga (nisbatan) fazli buyukdir”.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    “Ularning ko‘p shivirlashib gaplashishlarida yaxshilik yo‘qdir. Magar sadaqa berishga, ezgulikka yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurilgan bo‘lsalar, bu — yaxshidir. Kimda kim Alloh rizosi uchun shu ishlarni qilsa, unga ulkan mukofot berajakmiz”.

    Ikki tabaqali eshikka Samarqand yog‘och o‘ymakor ustalari usulida Qusam ibn Abbos maqbarasidagi kabi uch sathli naqsh solingan.

    Peshtoqlar markazidagi arkalarni handasaviy naqshli marmar panjaralar bezab turibdi. Ichki tomondan esa uch qavatli shaffof oyna o‘rnatilgan. Bu esa maqbara ichiga yorug‘likning bir maromda tushishini ta’minlaydi.

    Maqbaraning orqa devori arkasiga “Shuaro” surasining 109-oyati bitilgan.

    Maqbaraning ichki qismi an’anaviy usulda bezatilgan. Inshootning to‘rt tomonidagi yarim metrli o‘yiq me’moriy shakllar unga ayricha ko‘rkamlik baxsh etgan. Peshtoq arkalari orasidagi mo‘jaz qubbalarga kundal uslubidagi naqsh-u nigor va zar bilan jilo berilgan.

    Gumbaz osti aylanasiga ko‘rk bag‘ishlagan iroqi uslubidagi belbog‘ XIV—XVIII asr Samarqand va Buxoro me’morchiligida keng qo‘llanganini aytish joiz.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Inshoot ichki qismini bezashda Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan turfa rangdagi toshlar qadalgan oq marmar istifoda etilgan.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Yorug‘lik tuynuklari tegrasi “guldasta” deb atalgan ustunchalar bilan o‘ralgan.Devorning pastki qismiga och yashil rangli aqiq va girih uslubidagi murakkab qirqma handasaviy naqshlar ziynat berib turibdi.Markaziy arkaga suls va kufiy xatida Qur’oni karimning “Najm”, “An’om”, “Sho‘ro”, “Fotir” suralaridan oyatlar bitilgan bo‘lib, ular zar bilan qoplangan.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Arka tuynuklarini bezashda esa islimiy uslubidagi qirqma naqshlar va turfa rangdagi qimmatli tabiiy toshlardan foydalanilgan.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Gumbazning ichki qismi kundal uslubidagi naqsh-u nigor va zar bilan ziynatlangan.Obidaning ichki va tashqi bezagiga oid har bir badiiy element O‘rta Osiyo va Samarqand an’anaviy maktab va uslublariga tayanilgan holda maxsus ishlangan.Maqbara o‘rtasidagi qabr toshi aqiqdan bo‘lib, uning tegrasida Qur’on oyatlari va Amir Temur hamda Temuriylar davriga oid yozuvlar bitilgan.

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva

    Foto: Facebook/ Lola Karimova-Tillyaeva
    Me’moriy majmuani bunyod etishda ko‘rsatilgan yordam uchun Birinchi Prezident bevasi — oyim Tatyana Akbarovna Karimovaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasiga, YuNЕSKOning Butunjahon merosi markaziga hamda Yodgorliklar va tarixiy maskanlarni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro kengashga (IKOMOS) o‘z minnatdorligimni izhor etaman.

    Otamning maqbaralarini barpo etishda ishtirok etgan barcha insonlarga, me’mor va quruvchilarga samimiy tashakkurimni bildiraman.

    Lola Karimova-Tillayeva, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi

    03.09.2017, 12:05   Izoh (0)   54447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tolimarjon IESda 7,2 mlrd kilovatt-soat qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqariladi

    03.09.2017, 11:17

    Hayvonlar himoyachilari O‘zbekiston Prezidentidan uysiz hayvonlar muammolariga e’tibor qaratishni so‘ramoqda

    03.09.2017, 10:11

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillikning 26 yilligi bilan qutladi

    03.09.2017, 09:10

    Nukusda Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati foydalanishga topshirildi

    03.09.2017, 09:03

    Samarqandda Islom Karimov yodgorlik majmuasi ochildi (foto)

    03.09.2017, 08:11

    Shavkat Mirziyoyev Mirzacho‘l tumani hokimini va Jizzax viloyatining bosh soliqchisini ishdan oldi (video)

    03.09.2017, 01:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25

    “Sud qarorini foydamizga chiqarmasang, bolalaringni o‘ldiramiz”— badavlat oilada ulg‘aygan va saratonni butunlay yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 46 yoshda (foto, v...

    Shou-biznes | 12 avgust, 17:10

    AQSHda erkak otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 12 avgust, 17:00

    Alexandro Garnacho “Manchester Yunayted” rahbariyatiga shart qo‘ydi

    Sport | 12 avgust, 16:55

    Qirg‘izistonda pornografik material saqlagan va tarqatganlar jazolanadi

    Qirg‘iziston | 12 avgust, 16:45

    Multfilmlar o‘rniga zerikish: mutaxassis bolalar uchun bo‘sh vaqtning foydali tomonlarini tushuntirdi

    Farzand | 12 avgust, 16:30

    “Isroil G‘azoda hech qachon tugamaydigan urush boshlamoqda” — Makron

    Dunyo | 12 avgust, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.