Yaman sharqidagi Mag‘rib viloyatida ro‘y bergan terakt oqibatida 7 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana 11 kishi yaralandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Anadolu agentligiga ko‘ra, teraktni isyonchi xusiylar Mag‘ribdagi Sarvax tumanida hayit namozi chog‘ida amalga oshirdi.
“Xusiylar Sarvaxni poytaxt Sano mudofaasidagi muhim bo‘g‘in hisoblaydi. Shu sababli tuman va uning atrofidagi hududlarning katta qismini nazoratida ushlab turadi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)