Bugun, 2-sentabr kuni Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Islom Karimovning haykali Registon maydoni yaqinida, Birinchi Prezident tug‘ilib o‘sgan uydan uzoq bo‘lmagan joyga o‘rnatilgan.
Haykalni Shavkat Mirziyoyev hamda Birinchi Prezidentning bevasi Tatyana Karimova ochdi. UzNews nashri marosim joyidan fotoreportaj tayyorlab taqdim etdi.
Izoh (0)