Germaniyaning Brabus atelyesi yangi loyihasi — 900 ot kuchiga ega ochiq Mercedes-Benz S-Class’ni taqdim etdi. Kompaniya vakillari uni jahondagi eng tezkor va kuchli kabriolet deb atamoqda. Avtomobilning ommaviy debyuti sentabr oyining o‘rtalarida Frankfurtdagi motorshouda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Motor nashri.
Mercedes-Benz S 65 negizida qurilgan yangi mashina 12 silindrli biturbo motor bilan jihozlangan bo‘lib, uning hajmi 6,0 litrdan 6,3 litrga ko‘paytirilgan.
Avtomobil modifikatsiya qilingan yetti pog‘onali avtomat o‘tkazmalar qutisiga hamda Brabus’ga xos yuqori ishqalanishli orqa differensialga ega bo‘ldi.
Agregat quvvati 270 ot kuchiga o‘sdi.
Orqa uzatmali kabriolet 100 kilometr/soat tezlikka chiqishi uchun 3,9 sekund sarflanadi. Bu oddiy Mercedes-AMG S 65 Cabriolet’dan biroz tezroq. Maksimal tezlik 350 kilometr/soatga teng.
Izoh (0)