Janubiy Koreyaning Geosong xalq qo‘shiqlarini saqlash fondi jamoasi “Sharq taronalari” XI musiqa festivalida hakamlar hay’ati tomonidan birinchi o‘ringa munosib deb topilgan edi, ma’lum qiladi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi.
Fond jamoasi hamda BAAdan tashrif buyurgan Amir Ja’far O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, cholg‘u asboblari bilan tanishdi.
Ular konservatoriyaning iqtidorli talabalarining salohiyatinni o‘stirish, rag‘batlantirish uchun “Sharq taronalari” festivalida qo‘lga kiritgan 7 ming dollarni hamda Amir Ja’far hisobidan ming dollarni, jami 8 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘ini konservatoriyaga sovg‘a qildi.
Izoh (0)