Rossiya—2018 mundiali uchun harakat qilayotgan Janubiy Amerika mamlakatlari saralashning 15-turini yakunladi.
Uning markaziy o‘yini Urugvay hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasida kechib, uchrashuvda hisob ochilmadi — 0:0. Shu tariqa Messi vatandoshlari saralash yakuniga 3 ta tur qolganida ham 5-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi.
CONMEBOL mintaqasiga JCh uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 ta yo‘llanma berilgan. Voqealar rivoji shunday davom etsa, Argentina yarimta kvotani 1 ta qilish uchun qit’alararo pley-offda o‘ynashiga to‘g‘ri keladi.
“Barselona” o‘z safiga qo‘shib olgan Poulinyo hamda shuni niyat qilgan Koutinyo tomonidan urilgan gollar Braziliya termasining g‘alabasini ta’minladi. Pentakampionlar allaqachon mundial chiptasiga ega chiqqan bo‘lib, bu borada Rossiyadan keyingi ikkinchi jamoaga aylangandi. Keyinroq uning qatoriga Eron va Yaponiya ham qo‘shilgan.
JCh—2018. SaralashCONMEBOL. 15-tur 31-avgust, payshanba
Izoh (0)