• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saudiya gazetasida o‘zbeklar haqida maqola: Hitlerga qarshi jangdan Arafot tog‘igacha

    SaudiGazette nashri hozirgi kunda Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotgan o‘zbekistonlik urush faxriylari haqida maqola tayyorladi. “Fargonaziyo.uz” maqolani to‘laligicha taqdim qildi.

    Foto: “Fargonaziyo.uz”

    Foto: “Fargonaziyo.uz”

    Ikkinchi jahon urushida o‘ldirilgan 16 million odam orasidan sobiq ittifoq armiyasi uchun jang qilgan faqat sanoqli o‘zbeklargina bir talay jarohatlar bilan bo‘lsa-da, urushdan tirik qaytishga muvaffaq bo‘ldilar. Urushdan so‘ng uylariga chalajon holatda qaytgan bo‘lishlariga qaramay, shu diydor nasib etgan oz sonli insonlardan ekanliklari uchun shukr etardilar.

    Ayni damda haj maqsadi bilan Makkada bo‘lib turgan urush faxriylarining uchtasi bilan gazetamiz muxbiri urush maydonidagi xotiralari haqida aqlbovar qilmas va ajib hikoyalarni yozib olish maqsadida uchrashdi.

    Hozir hayot bo‘lgan urush faxriylarining ayni kundagi yoshlari 90-108 orasida. Ular bundan 26 yil muqaddam mustaqillikka erishgan O‘zbekistonning faxr-iftixorlaridir. Aynan shu insonlar Hitler boshchiligidagi fashist armiyasini yengishda jonbozlik ko‘rsatganlar.

    Ular o‘z vatanlarida ham doimo hukumat va xalq e’tiboridalar hamda har yili ularga atab maxsus bayramlar uyushtiriladi. Ular uchun doimiy ravishda bepul tibbiy xizmat, uy-joy va yer-mulk, shu bilan birgalikda avtomobillar ham ajratib kelinadi.

    Bu yil O‘zbekiston hukumati ularning azaliy orzularini amalga oshirish yo‘lida yana bir katta qadam tashlab, ularning bir nechalarini haj amalini bajarish uchun Makkaga yubordi. Safarga va haj arkonlarini bajarishga qodir bo‘lgan faxriylarga uch shifokor ularning sog‘liqlaridan doimiy boxabar bo‘lish uchun qo‘shib berildi. Mahalliy jurnalist 77 yil oldin sodir bo‘lgan urush haqidagi xotiralarini tinglash uchun nuroniylar bilan uchrashdi.

    95 yoshli Torgan Yoldisin 1941-yili qishloqdoshlari bilan birgalikda urushga yo‘l oladi. Oradan 3 yil o‘tgach u quroldosh do‘stlarisiz bir o‘zi qishlog‘iga qaytadi. U nafaqat do‘stlaridan, balki jang maydonida uning yaqinida portlagan granata sababli bir oyog‘idan ham ayrilgan edi. “O‘sha mash’um hodisa xuddi kechagiday yodimda”. — deydi u. 1944-yil yanvar oyida Sobiq ittifoq jangchilarini 872 kunlik og‘ir qamaldan qutilib chiqib ketishida jonbozlik ko‘rsatganlardan biri aynan u edi. Shu muddat davomida u oilasiga bor yo‘g‘i beshtagina xat yuborishga muvaffaq bo‘lgan, xolos.

    U 1942-yil ortidan o‘q yeb va yaqinidagi mina portlashi sababli ikki marta o‘limdan qolgani uchun Allohga shukrona qilishdan charchamaydi. Urushdan qaytgandan so‘ng u uylanadi va ayni kunda otaxonning 3 qiz, 4 o‘g‘il farzandi bor.

    Bugun u o‘zining 70 yillik orzusi bo‘lgan haj ibodatini umrida birinchi bor ado etyapti. Otaxonning hozirgi kunda, urush haqidagi hikoyalarini sevib tinglovchi 76 nafar nabirasi bor. Otaxon ularni har doim harbiy harakatlardan uzoq bo‘lishga va ta’lim olishga qattiq e’tibor qaratishga targ‘ib etib keladi.

    Hozirgi kunda 96 yoshda bo‘lgan Zulun Rahim ham Berlinda bo‘lgan janglarda qatnashgan sobiq jangchilardan. Otaxon urush yillarida juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazgan va bir necha bora o‘lim changalidan omon chiqqan ekanlar. Oradan yillar o‘tib yurtiga qaytib uylangan otaxon, hozir umridagi birinchi Hajini ado qilyapti. Otaxon muqaddas Ka’bani o‘rab turgan Masjidul Haromda ibodat qilish ne’mati nasib etgani uchun benihoya baxtiyor.

    Urush maydonida u kishi bir necha vazifani bajarishga mas’ul edi. Simsiz aloqa vositalari va katta yuk mashinasini boshqarish ayni shular jumlasidandir. U daydi o‘q qurboni bo‘lish yoki dushman o‘qidan halok bo‘lmaslik uchun to‘qilgan uzun simlar yoki shox-shabbalar orasidan emaklab uzoq masofalarni bosib o‘tganini eslaydi. Urushda ko‘rsatgan bir nechta qahramonliklari sabab otaxon haligacha faxr bilan taqib yuradigan bir nechta ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda 60 nabiraning bobosi bo‘lgan bu nuroniy 2 million odamni yostig‘ini quritgan urush komidan hech qanday jarohatlarsiz chiqib kelganidan mamnun.

    106 yoshli Ibrohim Ubaydulloh esa o‘z safdoshlari bilan 1941-1944-yillarda janubiy Moldova frontida jang qilgan. Faqat mo‘jiza tufayligina 3 marta o‘limdan qolgan. U hozir ham ancha tetik va Arofat kunini sabrsizlik bilan kutmoqda.

    Otaxon birinchi marta ular joylashgan hudud nemislar tomonidan havodan turib bombalanganda o‘limdan omon qolgan. Undan boshqa barcha askarlar shu hujum natijasida halok bo‘lganlar. U qarorgoh tomon qaytayotgan va bo‘lgan voqea haqida katta ofitserga so‘zlab berayotgan chog‘da ko‘z o‘ngida ofitserni ham boshiga mergan otgan o‘q tegib, halok bo‘ladi.

    Ubaydulloh esa darhol o‘limga chap berib yerga yotib oladi va yana omon qoladi. Yana bir safar granata qoldiqlaridan jarohatlanganda, uni juda og‘ir ahvolda kasalxonaga olib keladilar. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolgan bo‘lsalar-da, tuzalmas og‘ir jarohatlar sabab uni urushga yaroqsiz deya uyiga jo‘natib yuboradilar.

    Otaxon ikki marta uylangan. Birinchi ayoli bundan 15 yil ilgari vafot etib ketgan bo‘lsa, keyingi ayoli turmushidan bir necha yil o‘tib vafot etadi. Hozirda otaxonning 100 dan ortiq nabiralari bor.

    31.08.2017, 10:38   Izoh (0)   52537
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning ma’ruza va nutqlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘z ma’lum qilindi (video)

    31.08.2017, 10:28

    Shavkat Mirziyoyev oktabrda Turkiyaga tashrif buyuradi

    31.08.2017, 09:26

    Abdulaziz Komilov ISESCO bosh direktoriga tashkilotga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish istagi to‘g‘risidagi yozma nomani topshirdi

    30.08.2017, 19:41

    O‘zMTRK rahbarligiga qaytarilgan Alisher Xadjayev, bomba tayyorlash vaqtida portlab ketgan o‘zbekistonliklar, jamoatchilikning OTMlardagi “o‘yinlar” yuzasidan tala...

    30.08.2017, 19:32

    O‘zbekiston TIV: Samaradagi YTH qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

    30.08.2017, 19:05

    Bugun Ombudsman to‘g‘risidagi qonun yuridik kuchga kirdi

    30.08.2017, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.