Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati, Shaxtinsk shahrida metan otilishi oqibatida 3 nafar konchi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Hodisa Arcelor Mittal Temirtau kompaniyasining “Qozog‘iston” konida 31-avgust, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 4:00 atrofida ro‘y berdi. Konda bu payt 136 kishi bo‘lgan.
“Kon xodimlari jon alomati bo‘lmagan uch kishini aniqladi. Hodisa joyida avariya-qutqaruv xizmati mutaxassislari ishlamoqda”, — dedi Ruslan Imankulov
Izoh (0)