AQSh harbiylari taxmin qilishicha, KXDR to‘liq ishlaydigan qit’alararo ballistik raketani kelasi yil oxirigacha yaratishi mumkin. Bunday fikrni AQShning Tinch okeanidagi qo‘shinlari qo‘mondoni Garri Xarris bildirgan, deb yozadi “TASS”.
“Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadroviy jangovar kallakni tashishga qodir qit’alararo ballistik raketani 2018-yildayoq yarata oladi… Biz jiddiy inqiroz bilan to‘qnash keldik”, — dedi Koreya Respublikasi parlamentining mudofaa qo‘mitasi rahbari Kim Yon U. U avvalroq Garri Xarris bilan uchrashib kelgan edi.
Kim Chen In KXDR hokimiyati tepasiga kelgan 2011-yildan buyon mamlakat ballistik raketalarni taxminan 50 marta uchirdi. Bu Kim Chen Ir hukmronligi davridagidan (1994—2011) uch marta ko‘p demakdir.
Izoh (0)