Microsoft asoschisi, ayni paytda esa asosan xayriya bilan shug‘ullanayotgan Bill Geyts hamda PayPal asoschisi, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask o‘zlarining tig‘iz grafiklarini boshqarishda yordam beruvchi bitta odatga rioya qiladi, deb yozadi “Ideanomika”. Ya’ni ular o‘z kunining har bir lahzasini rejalashtiradi.
Geyts va Mask aytishicha, ular besh daqiqali bo‘laklarga ajratilgan grafiklarni tuzadi. Fast Company muallifi Stefani Vozza ta’kidlashicha, kunni kichik segmentlarga bo‘lish mahsuldorlikni oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, bunday intensiv rejalashtirish sizga mas’uliyatli bo‘lish imkonini beradi. Vaqtingiz daqiqa bo‘yicha rejalashtirilgan bo‘lsa, dam olish uchun alohida vaqt ajratishingizga to‘g‘ri keladi. Siz bir soatgina mizg‘ib ola olmaysiz — bu grafikdagi bir yo‘la 12 ta bo‘lakni qoldirib ketishingizga sababchi bo‘ladi.
Izoh (0)