Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon Chempionatining chorak finaliga 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib kelgan bo‘lib, delegatsiya bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan, Kuba ikkinchi, Qozog‘iston termasi uchinchi natija ko‘rsatgandi.
Ayni paytda yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘lib ulgurgan. Bu borada Kuba termasining 7 nafar bokschisi final ostonasida turibdi, deb yozdi “Olamsport”. Kuba bu borada eng yaxshi natijani qayd etgan.
O‘zbekiston terma jamoasidan esa 6 bokschi yarim finalga qadar yetib keldi: Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov, Iqbol Xoldorov, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Sanjar Tursunov. Bu ikkinchi natija hisoblanadi. Qiziq tomoni, Qozog‘iston termasining ham 6 bokschisi mana shu bosqichda turibdi.
Bu ko‘rsatkich AQShda 3, Rossiya va Ozarbayjonda 2 tani tashkil qiladi.
Izoh (0)