Darvozabon Xose de Xesus 10 soniya ichida 4 ta seyvni amalga oshirdi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.
Meksikaning “Krus Asul” klubi “Monterrey”ga qarshi saf tortdi. Xose de Xesus jamoadoshlari turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Monterrey” liga peshqadami bo‘lib turgandi.
Uchrashuv davomida mehmonlar ustunlikka erishishni boshlagan bir vaqtda, darvozabon ko‘rsatgan qahramonlik “Krus Asul” futbolchilarining o‘zlariga bo‘lgan ishonchini oshirdi. Yakunda peshqadam g‘olib chiqa olmadi — 1:1.
Izoh (0)