Amerikaning NK News nashri Shimoliy Koreyada ballistik raketalarning sinovi tasvirlangan bir necha suratlarni e’lon qildi, deb xabar berdi TJournal.
Suratlarni KXDRning “Nodon sinmun” gazetasi tayyorlagan: suratlardan raketalar va mamlakat rahbari Kim Chen In o‘zining qo‘l ostidagilar bilan o‘rin olgan.
“Xvason-12” raketasining parvozi 29-avgust kuni Tinch okeanining shimoli-g‘arbida amalga oshirilgan. Kim Chen In ushbu sinovni “Guamga hujumning muhim muqaddimasi” deya atagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir sutka oldin KXDR tomonidan uchirilgan raketa Yaponiya ustidan uchib o‘tgan edi.