AQShning Texas shtatiga yopirilgan “Xarvi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda, Fox News telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni o‘n kishiga yetgani bildirilgan edi.
Mahalliy meteorologik xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Xyuston shahriga 760 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘gan. 8 mingdan ortiq shaharliklar tabiiy ofatdan qochib, boshpanaga berkingan.
Qutqaruvchilar tabiiy ofat tufayli eng katta zarar ko‘rgan tumanlardan aholini evakuatsiya qilmoqda. Bir necha ming kishi vaqtinchalik joylashish punktlariga yuborildi.
Izoh (0)