Kecha, 28-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va ishtirokchilarni tabrikladi. Shuningdek, ushbu festival O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilganiga alohida urg‘u berdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Bu haqda gapirganda, avvalo, atoqli siyosat va davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning aziz xotirasini hurmat-ehtirom bilan yodga olamiz. Islom Abdug‘aniyevich o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrini, uning yuragi bo‘lgan qadimiy Registon maydonini qanchalik buyuk muhabbat bilan sevsa, “Sharq taronalari” festivalini ham shunchalik sevar, qadrlar edilar. “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘zining betakror ruhi va qiyofasi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa san’ati an’analarini asrash, madaniy muloqotni rivojlantirish borasidagi ezgu maqsad-muddaolari bilan qisqa muddatda yuksak darajaga erishdi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Izoh (0)