Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida barcha chorak finalchilar ma’lum bo‘lib ulgurgan.
“Olamsport” nashrining xabar berishicha, mazkur bosqichga qadar eng ko‘p O‘zbekiston termasining sportchilari yetib kelgan. Jami 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaga kirishgan bo‘lsa, Murod Ahmadaliyevdan boshqa barcha ishtirokchi chorak final chiptasi masalasini ijobiy hal qila oldi.
Shu tariqa yarim final ostonasiga O‘zbekistondan 9 nafar sportchi yetib keldi. Bu esa eng yaxshi ko‘rsatkich. Kubada natija 8 tani tashkil qilayotgan bo‘lsa, Qozog‘iston termasining 7 vakili yarim final ostonasida turibdi.
Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston termasi mazkur ikki raqobatchini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)