Gamburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finaliga o‘zbekistonliklardan birinchi bo‘lib Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov yo‘l oldi.
Uning chorak finaldagi raqibi hindistonlik Amit bo‘lgandi. Xuddi ilk jangida bo‘lgani kabi, Do‘stmatov bu sportchi ustidan ham 5:0 hisobida zafar quchdi va yarim final chiptasiga ega chiqdi.
Oldinda O‘zbekiston termasining yana 8 sportchisini chorak final janglari kutib turibdi.
-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Amit (Hindiston) — 5:0
- 19:20 — Iqbol Xoldorov — Artyom Xarutyanyan (Germaniya) — 64 kg
- 19:40 — Isroil Madrimov — Troy Isli (AQSh) — 75 kg
- 20:10 — Sanjar Tursunov — Roy Korving (Gollandiya) — 91 kg
- 22:10 — Jasur Latipov — Seyber Segura (Kolumbiya) — 52 kg
- 22:40 — Elnur Abduraimov — Otar Yeranosyan (Gruziya) — 60 kg
- 22:55 — Shahram G‘iyosov — Pat MakKormak (Angliya) — 69 kg
- 23:20 — Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) — 81 kg
- 23:45 — Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozog‘iston) — +91 kg
Jahon chempionatini O‘zbekiston uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.
Izoh (0)