Yakkasaroy tuman IIB o‘tkazayotgan “Tozalash” tadbiri davomida HPB profilaktika inspektorlari tomonidan onasini kaltaklagan farzand qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yakkasaroy tumanida 18-avgust kuni soat 09”30 da Bobur ko‘chasi, 81/5-uyda, 1996-yili tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.V. o‘zaro janjal oqibatida onasi, 1976-yili tug‘ilgan xususiy tadbirkor B.Y.ni turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgani aniqlanib, ushlandi.
S.V.ga nisbatan JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)