Suriya shimoli-sharqidagi ash-Shaddodiy shahrida “Suriya demokratik kuchlari” qurolli koalitsiyasi shtabiga hujum uyushtirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, hujumda IShID guruhining olti nafar xudkush terrorchisi ishtirok etgan.
Bir necha terrorchi koalitsiya jangchilari tomonidan otib tashlandi. Portlash oqibatlari haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Ash-Shaddodiy shahrida koalitsiyaning 4 ming nafar ko‘ngillisi to‘plangan. Ular yaqin orada Dayr az-Zavrda IShIDga qarshi operatsiyani boshlaydi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)