“Armiya” III xalqaro harbiy-texnika forumida 1200 dan ortiq korxona va tashkilot 18,5 mingdan ortiq mudofaa va xavfsizlik sohasidagi yangi ishlanmalar va texnologiyalar bilan ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Slovakiya va Janubiy Afrika o‘z milliy ko‘rgazmlarini o‘tkazdi.
Uch guruhga bo‘lingan namoyish dasturida 190 ta qurol, harbiy va maxsus texnika qo‘yilgan bo‘lib, ular havo transporti, quruqlik transporti va otish qurollari guruhlariga bo‘lingan.
Forumga qo‘yilgan harbiy texnikalarning ko‘pchiligi ommaga birinchi marta namoyish etilmoqda. “TASS” ko‘rgazmadan namunalar taqdim etdi.
Izoh (0)