Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 26-avgust, shanba kuni o‘z tomorqasida kartoshka hosilini yig‘ish bilan shug‘ullanji. Bu haqda, president matbuot xizmatiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bugun prezidentning tirband kun tartibida bo‘sh vaqt bo‘ldi, va u o‘z tomorqasida ishladi. Hosil yig‘di”, — deyiladi xabarnomada.
Lukashenkoga kartoshka qazishda kichik o‘g‘li Nikolay yordam berdi.
Jami uch gektar yerdan hosil yig‘ildi, hosil 105 tonnani tashkil qildi.
Hosilning bir qismi bolalar va keksalarga yordam tariqasida ijtimoiy muassasalarga topshiriladi.
Izoh (0)