Rossiyalik tijoratchi Alisher Usmonov muqaddam startaplar tanlovini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, eng yaxshi innovatsion va ilg‘or g‘oyalar mualliflariga dastlabki kapital tariqasida million rubl taqdim etilishi lozim edi. 25-avgust kuni tanlovning ilk g‘olibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi Usmanov Challenge guruhida ma’lumot berildi.
“Juma oqshomi — oraliq natijalarni e’lon qilish uchun ajoyib vaqt. Birinchi (bu oxirgisi emas) beg‘araz millionni Alisher Burhonovich ‘BoonCity.ru’ xayrli ishlar auksioniga to‘lashni topshirdi”, — deyiladi xabarnomada.
Ushbu servis yangi tanishlar orttirish va xayriya ishlari bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Har bir foydalanuvchi auksion yaratib, boshqalarga vaqtni mazmunli o‘tkazishni taklif etishi mumkin. To‘plangan mablug‘ xayriya fondlari hisoblariga o‘tkaziladi.
Izoh (0)