Germaniyaning Gamburg shahrida boshlangan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchisi sportchisi bugun — 26-avgust kuni ringga chiqadi.
Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatining -52 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Jasur Latipovning mundialdagi ilk jangi Toshkent vaqti bilan 22:10 dan keyin bo‘lib o‘tadi. Uning boshlanishi avvalgi janglarning qanday vaqtda tugashiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Jasur Latipovning bugungi raqibi Puerto-Riko vakili Yankiel Rivera bo‘ladi.
Bungacha O‘zbekiston terma jamoasining -91 kilogrammdagi vakili Sanjar Tursunov jang o‘tkazib, raqibini yaqqol ustunlik bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarini o‘zbekistonlik muxlislar uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.
Izoh (0)