AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Navbatdagi cheklovlar paketi Venesuela davlat korxonalariga bog‘liq agentlar bilan shartnomalar tuzishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, AQSh kompaniyalari Venesuela chiqaradigan qimmatbaho qog‘ozlarga pul tika olmaydi.
Yangi sanksion choralarni amalga oshirish uchun AQSh idoralari va kompaniyalariga 30 kun muxlat berildi.
Izoh (0)