Ispaniya sudi Barselonadagi teraktlarda aloqadorlikda gumon qilingan to‘rtinchi shaxsni ozod qilish haqida hukm chiqardi. Bu haqda, El Pais nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ozod qilingan gumondorning ismi — Saloh al-Qarib.
Bunga qadar sud boshqa gumondor — Muhammad A’loni ozod qilgan edi. Yana ikki gumondor — Driss Ukabir va Muhammad Shamlal hibsga olindi.
Al-Qarib har dushanba kuni sudga kelib, ro‘yxatdan o‘tib ketishiga, shuningdek, pasport olishiga to‘g‘ri keladi, negaki sud unga Ispaniyani tark etishni taqiqladi.
Izoh (0)