Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlari jonli efirda chiqishi to‘xtagani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Bu haqda “Daryo”ning O‘zMTRKdagi manbalari ma’lum qildi.

Foto: Yuriy Korsunsev

Bir qator nashrlarda O‘zbekiston televideniyesida ko‘rsatuvlarning jonli efirga chiqishi to‘xtatilgani, xususan, Xalqaro press-klub anjumanlari “O‘zbekiston 24” va boshqa telekanallarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatilmaydigan bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston” telekanalidagi Quddus A’zam muallifligidani “Munosabat” ko‘rsatuvi ham jonli efirdan olingani aytilgan edi.

“Yoshlar” telekanalidagi manbaning ma’lum qilishicha, kanalning “Davr mavzusi” ko‘rsatuvi 22-avgust kuni ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilgan. “O‘zbekiston 24” telekanalidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, yangiliklar dasturlari, intervyularning jonli efirdagi namoyishi davom etmoqda. Xususan, 23-avgust kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda senator Alisher Kurmanov bilan uyushtirilgan.

“O‘zbekiston” telekanalidagi manbaning ma’lum qilishicha, jonli efirdagi ko‘rsatuvlar namoyishi vaqtincha — efir bayram dasturlari bilan to‘lib ketgani munosabati bilan to‘xtatilgan. Sentabr oyida shu kungacha jonli efirda chiqqan ko‘rsatuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga qaytadi.

Avvalroq Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqish texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatilgani”ni ma’lum qilgan edi. Qayd etish joiz, XPKning 23-avgust kuni Xalq ta’limi vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan anjumani jonli efirga chiqmadi.

Xalqaro press-klubning 23-avgustdagi anjumani oldidan.

Xalqaro press-klubning 23-avgustdagi anjumani oldidan.
Foto: Xalqaro press-klub

“Kun.uz”ning xabar berishicha, 21-avgust kuni O‘zMTRK media-markazida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirokida majlis bo‘lib o‘tgan. Ba’zi ko‘rsatuvlarning jonli efirga chiqishini vaqtincha to‘xtatish haqidagi qaror ham aynan shu majlisda qabul qilingani aytilmoqda.

Shuningdek, shu yig‘ilishda Xayrulla Nuriddinov “O‘zbekiston” telekanali direktorligidan yana O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosarligiga qaytarilgan, “O‘zbekiston 24” telekanali rahbari Ozod Hamidxo‘jayev vazifasidan ozod etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi