Chet elda demokratiyani yaratish yoki boshqa mamlakatlarni o‘z yo‘sinida qayta qurish uchun endi amerikalik harbiylardan foydalanilmaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Virjiniya shtati Arlington shahridagi Fort-Mayer bazasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Biz ba’zi bir olis hududlarda demokratiya qurish yoki boshqa mamlakatlarni o‘z yo‘sinimizda qayta qurishga urinish uchun endi Amerika harbiy kuchidan boshqa foydalanmaymiz. U kunlar ortda qoldi. Buning o‘rniga biz umumiy manfaatlarni himoya qilish uchun ittifoqdoshlarimiz va sheriklarimiz bilan ishlaymiz”, — dedi siyosatchi.
Izoh (0)