Hindiston oliy sudi mamlakat musulmonlari qo‘llaydigan uchtaloq yo‘li bilan ajrashish amaliyotini taqiqladi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Hindiston oliy sudidagi besh sudyadan uch nafari hukmni ma’qulladi. Hujjatga ko‘ra, ushbu amaliyot dinning muhim tarkibiy qismi hisoblanmaydi, negaki Qur’onda bu haqda hech narsa deyilmagan, shuningdek, Hindiston konstitutsiyasiga zid keladi.
Taloq berish amaliyotini ko‘rib chiqish da’vosi bilan shu tufayli erlaridan ajrashib ketgan ayollar sudga murojaat etgan edi.
Ilgari Hindistondagi ayollar huquqlari himoyachilari taloqqa qarshi ko‘p bora chiqishlar qilgan edi.
Izoh (0)