• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Hech narsa qilmasdan millionlar ishlash: Nega Google va Facebook bekorchilarga haq to‘laydi?

    InsiderPro nashri o‘z iqtidorini o‘zi uchun manfaatli sotishga erishib, hayotini ajoyib tarzda yo‘lga qo‘ygan millionerlar haqida hikoya qiladi.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Yozning quyoshli tonglaridan birida Facebook’da ishlaydigan muhandislardan biri ishga borish uchun uyg‘ondi, biroq kutilmaganda o‘zini yomon his qildi va ko‘ngli aynidi. “Kasal bo‘lib qoldim deb o‘yladim”, — deya xotirlaydi u.

    Biroq bu virus yoki ovqatdan zaharlanish emasdi. U shunchaki ishga borish fikridan o‘zini yomon his qila boshladi.

    Bu muhandis asosan aksiyalar hisobiga yiliga 1 million dollar daromad qilar va 35 kishiga yaqin jamoani boshqarardi. Facebook’dagi bir necha yillik faoliyatidan so‘ng u tinkasi quriydigan darajaga keldi. U shug‘ullanadigan loyiha siyosat bilan bog‘liq edi, shuning uchun u bunga katta kuch sarflashga majbur edi.

    Bizning qahramonimiz juda holdan toygan bo‘lsa-da, hammasini tashlab, ishdan bo‘shay olmasdi. Uning aksiyalari daromad keltirar va buning uchun soliqlar to‘lash kerak edi.

    Biroq ko‘ngli aynigandan so‘ng muhandis uyda qolishga qaror qildi. Kuni bo‘yi. Butunlay. Va u uni ishdan bo‘shatmasliklarini bilar edi.

    Chunki ishga bormaslik g‘oyasi umuman olganda uning boshlig‘iga tegishli edi.

    Bir kun avval muhandis rahbariyatiga olti oydan so‘ng ishdan ketmoqchi ekanligini ma’lum qildi. U yilning qolgan qismini joriy loyihalarni tugatishga sarflash, yangilarini olmaslik, yil oxirida aksiyalar opsionidan foydalanib, soliqlarni to‘lash uchun pul ishlashni rejalashtirdi.

    “Biz rahbarimiz bilan bu mavzuda ko‘p suhbatlashdik. Ko‘pincha ketishga yaqin vaziyatda edim. Biroq bu safar hammasi jiddiy edi. Loyihani mantiqiy yakuniga yetkazib, ketmoqchi edim. Shunday qilsam to‘g‘ridek tuyuldi. Shunda u (rahbar) menga uyda qolishim mumkinligini aytdi”, — deb eslaydi muhandis.

    Muhandis rahbari uni shu zahoti ishdan bo‘shatdi degan o‘yda, vahimaga tushdi, biroq rahbari uni tinchlantirdi.

    “Shunchaki ishga kelma, — deya taklif qildi u muhandisga. — Sen holdan toygansan, dam olishing kerak. Asosiysi, hech kimga hech narsani aytma. Shunda hamma seni boshqa jamoada ishlayapti deb o‘ylaydi”.

    Dastlab bu g‘oya qahramonimizga ma’qul kelmadi. “Hech qachon bunga rozi bo‘lmasdim. Haqiqatan ham boshqa jamoaga o‘tishga tayyor edim. Biroq ko‘nglim aynigan o‘sha tong fikrimni o‘zgartirdi”, — deydi u.

    Shunday qilib, halol va mehnatsevar inson Kremniy vodiysining maxfiy (biroq hammaga ma’lum) “Motsion va opsion” klubiga kirdi.

    Barchaga ma’lum Kremniy vodiysining maxfiy klubi

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    “Motsion va opsion” — bu kompaniya xodimi, odatda muhandis, yengil (yoki umuman hech qanday) ish bilan shug‘ullanadi, to‘liq mukofotlar va kompaniya aksiyalari opsionini olgan holda kompaniya xodimi hisoblanishda davom etadi. Katta stajga ega muhandisga bunday opsionlar maoshdan ko‘proq daromad keltiradi.

    Muhandis “motsion va opsion” rejimiga o‘tgandan so‘ng u ish vaqtini texnologik konferensiyalar bo‘yicha safarlar bilan to‘ldiradi, ko‘ngil ochish uchun dasturlashtiradi, ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlari bilan muloqot qiladi va keyingi karyerasini o‘ylab chiqadi.

    Hikoyamiz qahramoni vaqt o‘tishi bilan uning rahbari jimlikni saqlashi evaziga: u loyihasi bilan bog‘liq muammolarni tarqatmasligi, balki pul haqida o‘ylamasdan, kelajagi bilan shug‘ullanishi evaziga unga “motsion va opsion”ni taklif qilganligini tushunib yetdi.

    Business Insider bu qanday rejim ekanligidan xabardor bir necha kishi bilan suhbat uyushtirdi. Ulardan ba’zilari bu klubning a’zolari edi. Boshqalari bunday kishilarni faol ishga qaytarishga uringan kadrlar bo‘yicha menejerlar edi. Ularning ko‘pchiligi  “motsion va opsion” e’lon qilinmasa-da, ularning kompaniyalari uchun odatiy amaliyot ekanligini tan olgan. O‘zlarining doirasida bunday odamlar “bekorchilar” deb ataladi.

    Ularning hayot tarzi yuqori texnologiya sohasida ishlovchi va ishda tungacha qolib ketuvchi ko‘pchilik kishilarnikiga tamoman qarama-qarshi.

    Muhandis turli sabablarga ko‘ra bekorchiga aylanib qolishi mumkin.

    Outreach startapining Sietldagi rahbari Menni Medina barrikadaning har ikkala tomonida bo‘lib ko‘rgan. U bir muncha vaqt bekorchi bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq Microsoft’da ishlab, bu texnologik gigant bunday xodimlarni qanday ishlatishining guvohi bo‘ldi. Bundan tashqari, uning o‘zi ham o‘z startapiga dam olishdagi bunday muhandislarning ba’zilarini jalb etishga uringan.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Medinaning so‘zlariga qaraganda, u karyerasining boshidayoq, magistraturada tahsil olgan va dasturiy ta’minot ishlab chiqargan paytda ana shunday yuqori haq to‘lanuvchi bekorchi holatida bo‘lgan.  U loyihasini kelishilgan muddatdan bir necha oy oldin yakunlagan va kompaniyani o‘qishni tugatgandan keyin tark etishi haqida rahbariyatni ogohlantirgan.

    “Ish kunim 11 da boshlanar edi va uning katta qismini oshxonada o‘tkazar edim. Ular menga yangi ishlanmalar bilan shug‘ullanishimga ruxsat bermas, chunki men yaratishim mumkin bo‘lgan har qanday narsadan boshqa odamlar foydalanishi mumkin edi. Biroq yangi xodimlarni ish jarayoni bilan tanishtirishim uchun doim yaqin atrofda bo‘lishim kerak edi”, — deb eslaydi u.

    “Siz iqtidorli muhandisga o‘z sohasida ishlash imkonini berasiz, shu bilan birga raqobatchilarga uni sizdan tortib olish imkonini bermaysiz, — deydi u. — Bu juda to‘g‘ri yondashuv, o‘ziga xos himoya chorasi”.

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Boshqa kompaniyalarda gap ehtiyot chorasi haqida emas, balki o‘rnini hech kim bosa olmaydigan odamga aylanish haqida boradi.

    Masalan, Facebook’da “diskretsion aksiyalar” deb ataluvchi maxfiy bonus dasturi mavjud. Bu haqda kompaniyaning ana shunday to‘lovini olgan sobiq xodimlaridan biri hikoya qilgan.

    Dasturning ma’nosi shundaki, kompaniya muhandisga qiymati yuz minglab dollarni tashkil etuvchi cheklovli aksiyalarni taqdim etadi. Bu yaxshi ish bajarilganligi uchun xayrlashuv sovg‘asidir. Bu, shuningdek, u kompaniyani tark etmasligini ta’minlaydi.

    “Ular juda aqlli kishilar, — hikoya qiladi manba, — va ular ishni tark etmaydi. Ular 40 yoshga ham kirmagan va yiliga millionlab dollar daromad qiladi. Ular qolgan muhandislar kabi ko‘p mehnat qilishga majbur emas. Biz ularni odatiy bekorchi deb hisoblaymiz”.

    O‘n karralik muhandis

    Bekorchilikning boshqa ko‘rinishi Vodiyda “o‘n karralik muhandis” nomi bilan mashhur. Bunday muhandis oddiy odam uchun o‘n soat talab qilinuvchi ishni bir soatda bajara olishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ulardan ba’zilari haqiqiy dohiy. Boshqalari unchalik aqlli bo‘lmasligi mumkin, biroq tizim qanday barpo etilganligini batafsil biladi.

    “Kishilar u yoki bu sohada uzoq vaqt ishlaganda birinchi qarashdan anglash qiyin bo‘lgan qimmatli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin, — deydi Facebook sobiq bekorchi-muhandisi. — Ularni loyihani sozlash uchun oxirgi daqiqada chaqirish mumkin”.

    Google hamda motion va opsion haqidagi hazil

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Bekorchilikning yana bir ko‘rinishi kompaniyalarning katta stajga ega bo‘lgan xodimlaridir. Ular o‘z pozitsiyasini saqlab qolish uchun avvalgidek kuch berib ishlashi shart emas.

    Barcha manbalar bekorchilarning bunday shakli Google’da keng tarqalganligini bir ovozdan tasdiqlaydi.

    “Google’dagi ko‘pchilik do‘stlarim kuniga 4 soat ishlaydi, — deya hikoya qiladi bir muhandis. — Ular katta muhandislar va ko‘p ishlashga majbur emas. Ular tizimni juda yaxshi tushunadi va qachon ishga bor kuchi bilan kirishish kerakligini biladi. Ular muhandis va o‘z ishlash siklini eng yaxshi tarzda tashkil etishga erishgan”.

    “Hayot ajoyib, ta’tilda zo‘r hordiq chiqardim, ishga qachon xohlasam qaytaman”

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Google X — istiqbolli texnologiyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, Alphabet xoldingi tarkibidagi kompaniya, Kremniy vodiysida bekorchilar qo‘riqxonasi nomiga ega.

    “Google X’da byudjet masalasi bizni umuman tashvishlantirmaydi. Muhandislar 250 dan 600 ming dollargacha oladi, biroq hech kim ularga bosim o‘tkazmaydi. Bu startapga o‘xshaydi, biroq butunlay emas. Bu nihoyasiz moliyalashtiriladigan startapdir”, — deydi kompaniya muhandislaridan biri.

    “Ma’lum bir vaqtdan boshlab Google sizga shunchalik ko‘p to‘lay boshlaydiki, bu darajaga yetganingizdan so‘ng ter to‘kib ishlashda davom etishning ma’nosi yo‘q. Hayot ajoyib, ta’tilda zo‘r hordiq chiqardim, ishga qachon xohlasam qaytaman”, — deydi Google X muhandislaridan biri.

    Ishga har kuni keling va o‘ynang

    Foto: InsiderPro

    Foto: InsiderPro

    Muhandis “motsion va opsion” rejimida uzoq muddat yoki qisqa muddat bo‘lishi mumkin, biroq, qoida tariqasida u har kuni ofisda bo‘lishi lozim.

    “Siz jismoniy jihatdan ishda bo‘lishingiz kerak, — deya hikoya qiladi Google sobiq menejeri. — Biroq Google’da turli ko‘ngilochar mashg‘ulotlar shunchalik ko‘pki, ishga kelish faqat huzur-halovat bag‘ishlaydi. Siz soatlab turli o‘yinlar o‘ynashingiz, shinam kafega lanchga borish istagi paydo bo‘lishi, kechki oltida trenajyor zalida paydo bo‘lishingiz yoki boshqa kampusga borib, Slice Cafe’da sharbat ichishingiz mumkin. Yakunida bor-yo‘g‘i olti soat ishlagan bo‘lasiz”.

    Google xodimlariga turli ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni taklif qiluvchi yagona yuqori texnologik kompaniya emas. Facebook’da ma’ruzalar o‘qiladi, bundan tashqari, u yerda duradgorlik ustaxonasi va videoo‘yinlar uchun zal bor. Oracle’da plyaj voleyboli uchun maydoncha va basseyn mavjud. Microsoft’da — futbol maydoni va kriket uchun maydoncha, Xbox o‘yin pristavkalari va spa-kompleks. Shunday bo‘lgach bekorchi muhandislar hamma joyda yetarli.

    22.08.2017, 15:01   Izoh (0)   55590
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Google Android’ning yangi versiyasini taqdim etdi

    22.08.2017, 12:19

    250 mingta domino toshidan yasalgan “aql bovar qilmas ilmiy mashina” (video)

    21.08.2017, 08:28

    O‘zbekistonda 2017-yil oxirida internet narxi borasida “jiddiy o‘zgarish” bo‘lishi kutilmoqda (video)

    18.08.2017, 18:02

    O‘zbekistonlik mobil aloqa abonenti bir oyda o‘rtacha 400 megabayt internet “iste’mol qiladi”, qirg‘izistonlik esa — bundan to‘rt barobar ko‘p! (video)

    18.08.2017, 17:23

    “Vazifa — internet uchun limitsiz tariflarni joriy etish”. AKT vazirligi rahbari mobil internetda Tas-IX qachon bepul bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi (video)...

    17.08.2017, 18:52

    Motorola polimerdan o‘zini-o‘zi tuzata oladigan ekran yasadi (foto)

    17.08.2017, 08:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari

    Salomatlik | 18 iyun, 09:47

    “Isroil biz uchun Eronda iflos ishlar qilmoqda” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 18 iyun, 09:36

    Toshkentdagi dorixonada 3,5 mlrd so‘mlik dorilar sifatsiz va qalbakilashtirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “River Pleyt” va “Mamelodi”dan g‘alaba, “Inter” Meksika jamoasi bilan durang o‘ynadi (video)

    Sport | 18 iyun, 09:04

    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

    Reklama | 18 iyun, 09:00

    AQSH Yaqin Sharqdagi qo‘shinlarini shay holatga keltirdi

    Dunyo | 18 iyun, 08:26

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.