Kecha — 21-avgust kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida 2-tur bellashuvlariga yakun yasaldi. Uning so‘nggi o‘yinida “Manchester Siti” va “Everton” klublari o‘zaro durang o‘ynadi.
Manchester shahrida tashrif buyurgan “Everton” 35-daqiqada Ueyn Runining goli bilan oldinga chiqib oldi. Bir tur avval Runi “Everton”ga qaytishidagi ilk rasmiy o‘yinini “Stok Siti”ga qarshi o‘tkazib, jamoasiga g‘alaba taqdim etgan yagona golga mualliflik qilgandi.
Uchrashuvdan keyin Runi “Siti”ga qarshi o‘yindagi golidan Manchesterning qizil qismi ham xursand bo‘lgani haqida aytdi. Boisi Joze Mourinyo boshqarayotgan “Yunayted” ketma-ket ikki yirik g‘alabaga erishib, 6 ochko to‘plagandi. Runining goli sabab “Yunayted”ning asosiy raqobatchisi hisoblangan “Siti” 2 ochko yo‘qotdi.
“Manchester Siti” ilk turda liga debyutanti “Brayton” mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida ustun kelgandi.
Angliya Premyer-ligasi 2-tur bellashuvi 21-avgust, dushanba
Izoh (0)