O‘zbekiston fuqarolari mamlakatda nogironlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etishga chaqiriladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Muhokamada ishtirok etish uchun maxsus formani to‘ldirish talab etiladi.
Kelib tushgan taklif axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan umumiylashtirilib, tegishli komissiyaga topshiriladi.
Fuqarolarning takliflarini o‘rganish uchun komissiya, shuningdek, Facebook’da sahifasini ochdi.
Takliflar 30-avgustga qadar qabul qilinadi.
Izoh (0)