Kataloniya politsiyasi Barselonada uyushtirilgan terakt ijrochisining shaxsini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rasmiy axborotga ko‘ra, mashinani Yunes Abu Ya’qub boshqargan.
“Dalillar haydovchi Abu Ya’qub bo‘lganini ko‘rsatmoqda”, — ma’lum qildi muxtoriyat hukumatining ichki ishlar bo‘yicha maslahatchisi Joakim Forn Catalynia Radio’ga bergan intervyusida.
Bir muddat oldin politsiya Abu Ya’qub ushlanganini bildirgan edi.
Muqaddam Abu Ya’qubning onasi o‘g‘lini taslim bo‘lishga chaqirgan edi.
Izoh (0)