AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni sog‘lomlashtirish haqida tvit yozishga urindi, ammo ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
U heal (“tuzalish”) so‘zining o‘rniga heel deb yozdi.
Trampning tviti quyidagi ma’no kasb etishi lozim edi:
“Buyuk mamlakatimiz o‘n yil mobaynida bo‘lingan edi, endi u yana birlashadi. Ba’zan tuzalish uchun e’tirozlar kerak, va biz tuzalmoqdamiz!”.
Xato bilan yozilgan birinchi tvitni davlat rahbari juda tez o‘chirdi va yarim soatdan so‘ng boshqatdan yozdi. Ammo unda heal so‘zi yana heel deb yozilgan edi. Bundan tashqari, prezident “o‘n yil” so‘zini “o‘n yillar” deb o‘zgartirdi.
Olti daqiqadan so‘ng Tramp barcha xatolarini tuzatib, yangi tvit yozdi.
Izoh (0)