O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hindistonlik hamkasbi Ram Natx Kovindga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Kuchli suv toshqinlari hamda Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani haqidagi habar bizni qattiq qayg‘uga soldi”, — deyiladi maktubda.
Davlat rahbari Hindiston prezidentiga va xalqiga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi, nobud bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlarga esa tez fursatlarda sog‘ayib ketishni tiladi.
Izoh (0)